» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” bugun Londonda “Napoli”ni qabul qiladi, “Chelsi” esa Pragaga safar qiladi

Yevropa Ligasi. “Arsenal” bugun Londonda “Napoli”ni qabul qiladi, “Chelsi” esa Pragaga safar qiladi


11-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqichning markaziy o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi o‘z maydonida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” bilan jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, nimchorak finalida “to‘pchilar” Fransiyaning “Renn” jamoasini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, neapolliklar esa Avstriyaning “Zalsburg” klubi ustidan g‘alaba qozongandi (4:3).

Shu kuni Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” safarda Chexiyaning “Slaviya Praga” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala bellashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. Javob uchrashuvlari esa 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, “aristokratlar” musobaqaning 1/8 finalida Ukrainaning “Dinamo Kiyev” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yirik hisobda taslim qilgandi (8:0). Praga klubi esa Ispaniyaning “Sevilya” jamoasini 6:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yevropa Ligasi

1/4 final bahslari

11-aprel, payshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют