» » “Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasi antirekordini o‘rnatdi

“Manchester Yunayted” Chempionlar Ligasi antirekordini o‘rnatdi


10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalining “Barselona”ga qarshi kechgan dastlabki o‘yinida “Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou avtogol muallifiga aylandi (0:1).

Bellashuvning 12-daqiqasida Luis Suaresning bosh bilan yo‘llagan to‘pi Shouga tegib David de Xea qo‘riqlayotgan darvoza to‘ridan joy oldi.

Opta’ning xabar berishicha, bu “mankunianlar”ning Chempionlar Ligasi tarixidagi 8-avtogoli hisoblanadi. Bu esa musobaqa antirekordi hisoblanadi. Qayd etish joiz, hech qaysi jamoa “Yunayted”chalik o‘z darvozasini bunchalik ko‘p ishg‘ol qilmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют