» » Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazilmoqda

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazilmoqda


Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari hududida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev rahbarligida barcha kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘quvlarga Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va boshqa bo‘linmalari, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi kuch va vositalari, shuningdek, mahalliy hokimliklar hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari jalb qilindi.

Mashg‘ulotlar qo‘shinlar va boshqaruv organlarini yuqori jangovar shaylikka keltirish bilan boshlandi. Hozirda bo‘linmalar jangovar o‘quv vazifalarni bajarish hududiga olib chiqilgan.

O‘quvlar Sharqiy harbiy okrugning barcha poligonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Ularda kuch tuzilmalarining tegishli bo‘linmalari zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlarni amaliy bajarish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют