» » “Barselona”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgan Diyego Kosta mavsum oxiriga qadar o‘yinlardan chetlatildi

“Barselona”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgan Diyego Kosta mavsum oxiriga qadar o‘yinlardan chetlatildi


6-aprel, kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turida “Barselona”ga qarshi o‘yinda hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan “Atletiko Madrid” hujumchisi Diyego Kostaga belgilangan jazo muddati ma’lum bo‘ldi (0:2). Bu haqda Cadena Cope xabar berdi.

La Liganing tartib-intizom qo‘mitasi hujumchini 8 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi — 4 tasi hakam Xesus Hil Mansanoni haqorat qilgani uchun, yana 4 tasi Kosta hakamning qo‘lini ushlagani uchun.

Bu haqda tez orada rasmiy xabar beriladi.

Shunday qilib, Kosta mavsum oxiriga qadar maydonga tusha olmaydi, chunki Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga 7 ta tur qolgan.

“Atletiko” tartib-intizom qo‘mitasining qarorini apellyatsiyaga berishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют