» » Sudan armiyasi Umar al-Bashir prezidentlik lavozimidan chetlatilganini e’lon qildi

Sudan armiyasi Umar al-Bashir prezidentlik lavozimidan chetlatilganini e’lon qildi


Sudan Mudofaa vaziri Ahmad Avad ibn Auf Sudan prezidenti Umar al-Bashirning hokimiyatdan chetlatilganini e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, al-Bashir xavfsiz joyda hibsda saqlanmoqda. Uning vazifalarini esa harbiy kengash bajaradi. Shuningdek, harbiy kengash ikki yil davomida hokimiyat tepasida bo‘ladi.

Ahmad Avad ibn Auf, shuningdek, mamlakatda uch oylik favqulodda holat e’lon qilib, 24 soatga havo maydonini yopib qo‘ygan.

OAVning xabariga ko‘ra, 11-aprel kuni Sudanda harbiy to‘ntarish yuz bergan. Natijada al-Bashir hokimiyatdan chekingan. Livanning Al-Mayadeen nashri prezidentni hibsga olingani haqida yozgan edi. O‘sha paytdayoq Sudan harbiy kengashi mamlakatning birinchi vitse-prezidenti, Mudofaa vaziri Ahmad Avad ibn Auf boshchiligida bir yil muddaga hokimiyatni qo‘lga olishi aniq bo‘lgan edi.

Sudanda 2018-yil dekabrdan beri xalq noroziligi davom etib kelmoqda. Aholi yoqilg‘i, non va unning narxidan hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining tanqisligidan norozi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют