» » Qozog‘iston prezidenti ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Qozog‘iston prezidenti ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi


Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2019-yil 14-aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbarlari Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk bor uchrashadi.

Tor va kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi. Siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Prezidentlar mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Prezidentlar qo‘shni qardosh mamlakatda muvaffaqiyatli yakuniga yetgan O‘zbekiston yilining mantiqiy davomi bo‘ladigan O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi. Mazkur yil tadbirlari Qozog‘iston san’at ustalarining konserti bilan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют