» » Ohangarondagi avtohalokatda 2 nafar 18 yoshli yigit vafot etdi

Ohangarondagi avtohalokatda 2 nafar 18 yoshli yigit vafot etdi


Toshkent viloyati YHXB xabariga ko‘ra, bugun, 11-aprel kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining 26-kilometrida Nexia avtomobili boshqaruvida bo‘lgan, 1978-yilda tug‘ilgan namanganlik G‘.M. Namangandan Toshkentga kelayotib, shu yo‘nalishda oldinda yana bir Nexia’ni boshqarib borayotgan 1996-yili tug‘ilgan Toshkent viloyatida yashovchi N.A. avtoulovining orqa yon qismiga borib uriladi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Avtohalokat natijasida oldinda harakatlanib ketayotgan Nexia avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismini ikkiga ajratib turuvchi temir to‘siqqa borib urilgan.

Oqibatda, avtomobil ichida bo‘lgan yo‘lovchilar – 2000-yilda tug‘ilgan A.O. va M.U. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mudhish voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 20:29)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют