» » O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Endilikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazorat qilish hamda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari bu funksiyalar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan.

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish shular jumlasidandir.

Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 10 milliard so‘mdan oshmaydigan mablag‘ga kafillik beradi.

2019-yil 1-iyuldan import dori vositalari va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi.

2022-yilning 1-yanvargacha quyidagilar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim:

Farmon bilan 2019—2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi doirasida 2019-yil 1-iyulgacha import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati tasdiqlanadi.

2019—2021-yillarda 10 turdagi dori vositalari guruhlarini ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi. Antibiotiklar, viruslarga qarshi hamda onkologik kasalliklar uchun dori vositalari shular jumlasidandir.

2022-yil 1-yanvargacha farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ixtisoslashgan institutlar va oliy ta’lim muassasalari o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan apteka ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan quyidagi vositalar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют