» » Toshkent shahri bo‘ylab sinov tariqasida sayyohlar uchun 10 ta pilon o‘rnatildi (video)

Toshkent shahri bo‘ylab sinov tariqasida sayyohlar uchun 10 ta pilon o‘rnatildi (video)


Poytaxt xaritasi diqqatga sazovor maskanlar va boshqa foydali ma’lumotlar aks etgan monitorlar o‘rnatildi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar qiladi.

Toshkent shahar hokimligi, Turizmni rivojlantirish departamenti va “Media Lux” MChJ hamkorligida amalga oshirilgan ushbu loyiha shaharga keluvchi sayyohlar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etishga qaratilgan. Uning doirasida hozirda poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan 10 ta nuqtasiga pilonlar joylashtirilgan. Jumladan:

— O‘zbek Milliy akademik drama teatri yonida;

— Muqimiy nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatri yonida;

— Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat Akademik katta teatri yonida;

— Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yonida;

— “Ko‘kaldosh” madrasasi yonida;

— O‘zbek Davlat sirki yonida;

— Toshkent xalqaro Vestminster universiteti yonida;

— “O‘zbekiston” mehmonxonasi yonida;

— Pushkin maydonida;

— Sayilgoh ko‘chasida;



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют