» » “Sevilya”dan mag‘lub bo‘lib, Ranyeri bilan xayrlashgan “Lester” Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi

“Sevilya”dan mag‘lub bo‘lib, Ranyeri bilan xayrlashgan “Lester” Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi


Angliyaning “Lester” klubi o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi.

Nimchorak finalda “Sevilya” bilan to‘qnash kelgan Angliyaning amaldagi chempioni birinchi uchrashuvni 1:2 hisobida boy bergandi. Takroriy o‘yinda Kreyg Shekspir boshchilik qilayotgan “Lester” 2:0 hisobida zafar quchdi.

“Lester” APLda jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa, “Sevilya” La liga chempionligi uchun intilayotgandi.

Ikkinchi o‘yinda “Arsenal” va “Manchester Siti” klublaridagi o‘yinlari orqali tanilgan Samir Nasri qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. Shuningdek, xuddi birinchi o‘yinda bo‘lgani kabi “Lester” posboni Kasper Shmeyxel penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
14-mart, seshanba

Gollar: Uesli Morgan, 27 (1:0). Mark Olbrayton, 54 (2:0).
Noaniq penalti: Stiven N’Zonzi, 80 (S).
Chetlatish: Samir Nasri, 74 (S).

Опубликовано: admin (15-03-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют