» » BMT suvda suzib yuruvchi kelajak shahar loyihasini qo‘llab-quvvatladi (foto+video)

BMT suvda suzib yuruvchi kelajak shahar loyihasini qo‘llab-quvvatladi (foto+video)


Global isish tufayli dengiz sathining ko‘tarilishi bilan yer yuzidagi ko‘plab shaharlar suv ostida qoladi. National Geographic’ning xabar berishicha, daniyalik arxitektor Byarke Ingels Oceanix kompaniyasi bilan hamkorlikda tabiiy ofatlardan saqlanish imkonini beruvchi suzuvchi shahar konsepsiyasini yaratdi.

Shahar har birida 300 kishi yashashi qulay bo‘lgan bir necha platformalardan tarkib topgan. Olti burchakli shakl estetik ko‘rinishi, mexanik ta’sirlarga chidamliligi va minimal miqdorda material sarflash mumkinligiga ko‘ra tanlangan. Modullar bir-biri bilan bog‘lanib, shahar kvartalini tashkil etishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, umumiy hisobda 2,5 million aholiga mo‘ljallangan suzib yuruvchi “qor parchasi” — arxipelag hosil bo‘ladi.

Shaharlar chiqindilarsiz bo‘lib, ular 100 foiz qayta ishlanadi. Asosiy transport vositasi velosiped bo‘ladi. Energiya esa qayta tiklanadigan manbalardan olinadi. Har bir orolning taxminan 300 kvadrat metri qishloq xo‘jaligi uchun ajratiladi.

Loyiha BMT yig‘ilishida taqdim etilgan va ma’qullangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют