» » Superliga. “Nasaf” bugun o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi

Superliga. “Nasaf” bugun o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-tur bahslariga start beriladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan bahs boylaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, oxirgi turda “Metallurg” Samarqandning “Dinamo” klubiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. “Qizilqum” esa “Buxoro” bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Shu kuni Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 19:15 da start oladi. Ma’lumot uchun, qarshiliklar 3-turda “Paxtakor”ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa (1:2), “Navbahor” Toshkentning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv”ga yutqazgandi.

Superliga

4-tur bahslari

12-aprel, juma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют