» » Farg‘onada ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 50 kishi qamoqqa qaytarildi

Farg‘onada ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 50 kishi qamoqqa qaytarildi


Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 50 kishi qamoqqa qaytarildi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo” ga ma’lum qilishicha, probatsiya bo‘limi hisobida turgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan va bu jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 64 nafar mahkum aniqlandi. Ularning 50 nafari ozodlikdan mahrum etish jazosiga qaytarildi. 14 kishiga nisbatan boshqa jazo turlari qo‘llanildi.

Viloyatning Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari hamda Quva, Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Farg‘ona va Oltiariq tumanlarida 36 marta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Natijada probatsiya bo‘limlari hisobida turuvchi 436 nafar jazo o‘tayotgan shaxs ishga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют