» » Banklar uyushmasi binosi quyosh energiyasi orqali elektr energiya bilan ta’minlanadi

Banklar uyushmasi binosi quyosh energiyasi orqali elektr energiya bilan ta’minlanadi


Banklar Assotsiatsiyasi binosi quyosh energiyasini ishlab chiqarish hisobiga elektr energiyasiga ega bo‘lishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda uyushma hududida integrallashgan fotoelektrik stansiya quriladi, deb xabar berdi Spot.

Bu haqda uyushma bosh direktori Baxtiyor Hamidov bank-moliyaviy xizmatlarning yirik ko‘rgazmasi BankExpo 2019-da ma’lum qildi.

Loyiha doirasida butun hudud bo‘ylab 4300 ta quyosh panellari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu yiliga qariyb 2,7 million kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr quvvati 1,7 million kilovattni tashkil etadi. Kompaniya 1 million kilovattdan oshadigan farqni shahar tarmog‘iga yetkazib beradi.

Quyosh energiyasi binoni isitish va sovutish uchun ham ishlatiladi.

“Biz energiya tejashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Olti oy mobaynida bu masala bo‘yicha shug‘ullanmoqdamiz. Masalan, 3 mingga yaqin chiroqlarni energiya tejaydiganlariga almashtirdik”, — deydi Baxtiyor Hamidov.

Loyiha qiymati 1,05 million dollarga baholanmoqda, uskunalar sotib olish uchun xarajatlar 550 ming dollarni, qurilish-montaj ishlari esa 4 milliard so‘mni tashkil etadi.

Hozirgi vaqtda loyiha muvofiqlashtirish va ekspertiza bosqichlaridan o‘tmoqda. Tugallangach, uyushma tender e’lon qiladi. Rossiya, Germaniya, Xitoy, Malayziya va O’zbekiston kompaniyalari loyihaga qiziqish bildirmoqda.

Baxtiyor Hamidovning so‘zlariga ko‘ra, uyushma loyihasi nafaqat kompaniyaning elektrga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplaydi, balki uni eksport qilish imkoniyatini ham beradi.

Fotoelektr stantsiyasi qurilishini joriy yilning IV choragiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют