» » O‘zbekistonda eng ko‘p noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan vazirlik va idoralar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan vazirlik va idoralar ma’lum bo‘ldi


2019 yil birinchi choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 1993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 milliard so‘mi budjetga tiklandi;

Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 3 milliard so‘mi budjetga tiklandi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 1,4 milliard so‘mi budjetga tiklandi;

Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 milliard so‘mi budjetga tiklandi.

Davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan 405 ta nazorat tadbirida 25,5 milliard so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo‘lib, shundan 20 milliard so‘mi tiklanishi ta’minlandi.

Shuningdek, hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarning maqsadli sarflanishi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan 76 ta nazorat tadbirida 2,4 milliard so‘m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 664 million so‘mi tiklanishi ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 130) ( 0) ( 129) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют