» » 19 yoshli Joau Feliks Yevropa Ligasi tarixiga kirdi

19 yoshli Joau Feliks Yevropa Ligasi tarixiga kirdi


11-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Benfika” yarim himoyachisi Joau Feliks “Ayntraxt”ga qarshi o‘yinda het-trikka erishdi va bitta golli uzatma berdi (4:2).

19 yosh 153 kunlik portugaliyalik musobaqaning 12 yillik tarixida het-trikka erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi, deb xabar berdi Goal.

Eslatib o‘tamiz, 2007-yilning oktabr oyida UEFA Kubogida (keyinchalik musobaqa Yevropa Ligasiga aylantirildi) “Atletiko” hujumchisi Serxio Aguero “Kayseri Erjiyesspor” darvozasiga 3 ta gol urgandi (5:0).

Bundan tashqari Feliks 27 yil ichida ushbu musobaqa doirasida het-trikka ershigan “Benfika”ning ilk futbolchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 1992-yil sentabr oyida “Benfika” sobiq futbolchisi Antonio Pasheku UEFA Kubogida Sloveniyaning “Izola” klubiga qarshi bahsda 3 tab golga mualliflik qilgandi (5:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют