» » Andijonda 18 ming so‘mlik xizmat uchun 2 mln talab qilgan gaz ta’minoti xodimi ushlandi

Andijonda 18 ming so‘mlik xizmat uchun 2 mln talab qilgan gaz ta’minoti xodimi ushlandi


MIB Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘ztransgaz” AJ Shahrixon tumanlararo gaz ta’minoti uchastkasi xodimi A.A. tomonidan qonunbuzarlik sodir etilganligi aniqlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

U fuqaro D.A.ning yashash xonadoniga tortilgan gaz quvurini tabiiy gaz tarmog‘iga ulab berish uchun 2 million 30 ming so‘m to‘lov qilishi kerakligini aytgan va undan shu miqdordagi pulni talab qilgan. Vaholanki, bu xizmat uchun atigi 18 ming 587 so‘m to‘lov mavjud, xolos.

Iste’molchi tegishli idoraga murojaat etdi. Olib borilgan tadbir jarayonida xizmat mavqeyidan foydalanib, firibgarlik yo‘liga kirgan gaz idorasi xodimi A.A. fuqarodan 2 million so‘mni olayotgan paytda ushlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют