» » O‘zbekistonda markirovkalash bo‘yicha yagona xizmatlarni yetkazuvchi sifatida Shveysariya kompaniyasi saralab olindi

O‘zbekistonda markirovkalash bo‘yicha yagona xizmatlarni yetkazuvchi sifatida Shveysariya kompaniyasi saralab olindi


Kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekistonda markirovkalash bo‘yicha yagona xizmatlarni yetkazuvchi sifatida Shveysariyaning SICPA kompaniyasi saralab olindi. Bu haqda Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ma’lum qildi.

SICPA himoyalangan chop etish, markirovkalash va tovarlarni kuzatib borish bo‘yicha jahonda mashhur kompaniya bo‘lib, u jahon valyutalarining aksariyati (yevro banknotalari, AQSh dollari va o‘zbek so‘mi) uchun, shuningdek, himoyalangan hujjatlar va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar — pasportlar uchun himoyalovchi siyohlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Kompaniya “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilgan vaqtidan boshlab u bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Tovarlarni markirovkalash va kuzatib borish bozorida faol ishtirok etadi (Braziliya, Marokash, Malayziya, Chili, AQShning Massachusets va Kaliforniya shtatlari, Kanada, Turkiya, Gruziya, Keniya). Kompaniyaning ofislari 32 ta davlatda, mahsulotlari 180 dan ko‘proq davlatda mavjud, jahon bo‘ylab 200 dan ko‘proq patenti bor. Bu darajadagi kompaniyalarda manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishining oldini olishga qaratilgan qattiq talablar amal qilishini anglash juda muhimdir.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, SICPA kompaniyasining yagona egasi Amon oilasidir.

Bugungi kunda markirovkalash xizmatlarning narxlarini tushirish va qat’iy belgilash bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Markirovkalash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatishga oid tegishli shartnoma tuzilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют