» » Agrobank: BankExpo — 2019’da ham zamonaviy xizmatlar, ham qiziqarli tanlovlarni taqdim etmoqda

Agrobank: BankExpo — 2019’da ham zamonaviy xizmatlar, ham qiziqarli tanlovlarni taqdim etmoqda


Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari BankExpo — 2019 milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazma doirasida “Agrobank” stendi joylashgan maydon eng gavjum ekanligi uzoqdan ko‘rinib turibdi. Buning sababi bor albatta. Vaholanki, bank vakillari  ko‘rgazma ishtirokchilari uchun taassurotlarga boy turli o‘yinlar hamda tanlovlar o‘tkazmoqda. Qiziqarli savollarga tezkor javob topgan mijozlar va ishtirokchilar  esa g‘olib sifatida taqdirlanmoqda. Bunday quvnoq va sovg‘alarga boy maydoncha esa atrofdagilarning diqqatini tortmoqda.

Qayd etish joizki, mazkur ko‘rgazmada boshqa banklar qatori “Agrobank” ham  mijozlariga qulaylik yaratish maqsadida innovatsion texnologiyalar, asbob-uskunalar ya’ni masofadan turib onlayn tarzda amalga oshirishni o‘zida jamlagan qurilma, mobil ilovalari bilan faol ishtirok etmoqda.

Bir tarafda bank mutaxassislari ko‘rgazmaga kelgan mijozlar, xususan, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga bank xizmatlari bo‘yicha zarur ma’lumot va maslahatlar berayotgan bo‘lsa, boshqa tarafda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga yangi xizmatlar tushuntirilmoqda.

Bu jarayonda ko‘pchilik  “Agrobankmobile” ilovasining yangicha turdagi zamonaviy ko‘rinishi hamda “online kredit” bo‘limidagi mikroqarz olish imkoniyati bilan qiziqmoqda.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida “Agrobankmobile” ilovasi orqali milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish, ilovadagi “Omonatlar” bo‘limida onlayn depozit hisobvarag‘i ochib, unga zarur mablag‘ni o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, yuridik shaxslar va fermer xo‘jaliklari “Agrobank-Mobil-Biznes” ilovasi orqali onlayn tarzda masofadan turib imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirish va zarur ma’lumotlarni olishlari mumkin. Bunda fermerlarning vaqti va ortiqcha sarf-xarajatlari keskin qisqaryapti.

Ayni vaqtda aholi va mijozlarga yanada qulaylik yaratish va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida bank yurtimiz bo‘ylab, keng tarmoq yozmoqda.

Xususan, 400 ta bankomat, 420 infokioska va 248 mini-bank aholiga turli xizmatlar ko‘rsatmoqda. Ushbu bankomat, infokioska va mini-banklar orqali mijozlar uchun kreditlarni rasmiylashtirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash, naqd pul olish, kommunal to‘lovlarni qabul qilish, plastik kartalar bilan amaliyotlar kabi bankning boshqa yangi xizmat turlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

“Agrobank”  matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram

Instagram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют