» » Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zbekenergo” AJ bazasida tashkil etilgan uchta aksiyadorlik jamiyatiga raislar tayinlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zbekenergo” AJ bazasida tashkil etilgan uchta aksiyadorlik jamiyatiga raislar tayinlandi


Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zbekenergo” AJ bazasida tashkil etilgan uchta aksiyadorlik jamiyatiga raislar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Isoqulov Dadajon Aynaqulovich “O‘zbekiston elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

D.Isoqulov 1961-yil 20-iyulda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mashina traktor parki muhandisi vazifasidan boshlab, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Turli yillarda “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy magistral elektr tarmoqlari — “O‘zelektroset” unitar korxonasi direktori, “O‘zbekenergo” AJ raisining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekenergo” AJning Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Mubarakshin Ruslan Gazizovich “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi.

R.Mubarekshin 1962-yil 19-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi. U “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent issiqlik elektr stansiyasining direktori lavozimida ishlagan.

Mustafoyev Ulug‘bek Mavlonovich “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U.Mustafoyev 1968-yil 14-avgustda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bitirgan. “Sanoatqurilishbank”ning Jizzax viloyat filialida kichik, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boshqaruvi katta iqtisodchisi va pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyin 2016-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari, 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.

Ta’kidlash joizki, 2019-yil 27-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti P-4249-son farmonini imzoladi va ushbu hujjat mamlakatning yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini tubdan isloh qilish jarayonida muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur hujjatga muvofiq, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati negizida uchta aksiyadorlik jamiyati – “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют