» » Toshkentda yuridik universitetga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollar undirgan firibgar ushlandi

Toshkentda yuridik universitetga kiritib qo‘yish evaziga 11 ming dollar undirgan firibgar ushlandi


Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv olib borildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshiruv davomida fuqaro M.G. 2018-yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют