» » Shavkat Mirziyoyev Ummon, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘iston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ummon, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘iston elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev Ummon, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Ahmad bin Said al-Kasiriy, Ibragim Junusov, Mehmet Sureyya Er, Sunario Kartadinata hamda Darxan Satibaldidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari elchilarni samimiy tabriklab, ularga mas’uliyatli diplomatik missiyani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Prezident ishonch yorliqlarini topshirish marosimidagi nutqida yangi elchilar vakillik qilayotgan davlatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikning muhim yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.

Davlat rahbari yangi tayinlangan elchilar professional va hayotiy tajribasi, boy bilimi bilan mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan diplomatik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, elchilar samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik va samarali sheriklikni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют