» » O‘zbekistonda eng ko‘p noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan hududlar ma’lum bo‘ldi. Jizzax viloyati bu borada yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda eng ko‘p noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘ygan hududlar ma’lum bo‘ldi. Jizzax viloyati bu borada yetakchilik qilmoqda


2019 yil birinchi choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 1993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 milliard so‘m), Surxondaryo (2,5 milliard so‘m), Farg‘ona (2,1 milliard so‘m), Samarqand (2,1 milliard so‘m), Qashqadaryo (1,9 milliard so‘m), Andijon (1,5 milliard so‘m), Toshkent (1,3 milliard so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 milliard so‘m) aniqlangan.

Budjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan budjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 million so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llandi.

Bundan tashqari, 2019-yilning 1-choragida Toshkent viloyati mahalliy budjetining tuzilishi va ijrosi yuzasidan keng qamrovli nazorat tadbiri o‘tkazilib, unda xarajatlar smetalarida ortiqcha rejalashtirish, asossiz ish haqi to‘lash, bajarilmagan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik hamda kamomad va o‘zlashtirishlar kabi 6,6 milliard so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Nazorat tadbiri davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 milliard so‘m mablag‘larni budjetga tiklanishi ta’minlanib, 0,7 milliard so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют