» » Superliga. “Metallurg” “Qizilqum”ni yirik hisobda taslim qildi

Superliga. “Metallurg” “Qizilqum”ni yirik hisobda taslim qildi


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turida Bekobodning “Metallurg” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan bahs boyladi.

Bellashuvning 19-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Stanislav Andreyev penaltidan gol urgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib “Qizilqum” a’zosi Mirjalol Qosimov hisobni tenglashtirdi (1:1). 35 va 38-daqiqalarda esa Bekobod klubi o‘yinchisi Zohid Abdullayev dublga erishdi (3:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi (4:1). Shu tariqa “Metallurg” klubi “Qizilqum”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Superliga

4-tur bahsi

12-aprel, juma

Gollar: 1:0 — 19, penalti, Stanislav Andreyev, 1:1 — 25 Mirjalol Qosimov, 2:1 — 35 Zohid Abdullayev, 3:1 — 38 Zohid Abdullayev, 4:1 — 90+2 Bahrom Abdurahimov

“Metallurg”: Zafar Safoyev, Abbos Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Zohid Abdullayev (Ibrohim Yo‘ldoshev, 90+2), Muzaffar Muzaffarov, Shavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Islombek Isoqjonov, 75), Kamoliddin Tojiyev, Stanislav Andreyev, Akbar Ismatullayev (Suxrob Nurulloyev, 46), Sergey Tumasyan

“Qizilqum”: Yevgeniy Cheremisin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev (Xurshid Olimov, 46), Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Baymatov, Mirjalol Qosimov (Maqsud Karimov, 57), Muhsinjon Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili (Murod Bobojonov, 76), Ariagner Smit Medina

Ogohlantirishlar: Suxrob Nurulloyev (48), Salim Mustafoyev (57)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют