» » Kanadada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 1 sutkada 80 ga yaqin mashina YTHga uchradi. Halok bo‘lgan va jarohatlarganlar bor

Kanadada kuchli qor yog‘ishi oqibatida 1 sutkada 80 ga yaqin mashina YTHga uchradi. Halok bo‘lgan va jarohatlarganlar bor


Kanadaning Kvebek provinsiyasi Megog shahri yaqinida kuchli qor yog‘ishi oqibatida 14-mart, seshanba kuni 50 ga yaqin avtomobil bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda CBC telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, yirik yo‘l-transport hodisasi tufayli Megog shahri shifoxonasiga ko‘plab jarohatlarganlar yetkazildi. Ularning aniq soni hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech Megogdagi YTHda hech kim halok bo‘lmagan.

Qo‘shni Ontario provinsiyasida ham 14-mart, seshanba kuni 30 avtoulov ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Ular orasida zaharli moddalarni olib ketayotgan yuk mashinasi ham bor edi. Uning yukidan ag‘darilgan zaharlik moddalar oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, yana 29 nafari jabrlandi.

Kanada milliy meteobyurosining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning sharqiy provinsiyalari – Ontario, Kvebek va Nyu-Bransuikda 1 sutkada 50 santimetrgacha qor yog‘ishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют