» » Rossiyalik harbiy xizmatchiga nisbatan Suriyada harbiy mulkni yo‘qotganlik haqida jinoiy ish ochildi

Rossiyalik harbiy xizmatchiga nisbatan Suriyada harbiy mulkni yo‘qotganlik haqida jinoiy ish ochildi


Shartnoma bo‘yicha xizmat qiluvchi rossiyalik askar Artyom Xilkoga qarshi harbiy mulkni yo‘qotganlik to‘g‘risida jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb yozadi Meduza.

Askar Suriyada yuklarga hamrohlik qilgan Taman diviziyasi tarkibida xizmat qilgan. Xilko tergov chog‘ida o‘z aybini tan oldi va ishni alohida tartibda ko‘rib chiqishni so‘radi.

Ishni tekshirish yakunlanib bo‘lgan, ayni paytda ish qaysi sudda ko‘rilishi aniqlashtirilmoqda.

Mol-mulkni yo‘qotish haqidagi moddaga ko‘ra, shartnoma bo‘yicha ishlaydigan askar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

“Kommersant” yozishicha, Xilkoning ishi — Suriyadagi rossiyalik harbiy xizmatchilarga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlarning “dastlabkilaridan biri”. Ammo bungacha rossiyalik askarlarga nisbatan jinoiy ishlar haqida rasman xabar berilmagan.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют