» » Uzbekistan Airways 16-aprel kuni Toshkent — Tbilisi yo‘nalishi bo‘ylab ilk reysni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways 16-aprel kuni Toshkent — Tbilisi yo‘nalishi bo‘ylab ilk reysni amalga oshiradi


Uzbekistan Airways 16-aprel kuni Toshkent — Tbilisi yo‘nalishi bo‘ylab ilk reysni amalga oshiradi. Bu haqda Tbilisi xalqaro aeroporti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.

Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 aerobusida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar SSSR tarqab ketganidan so‘ng to‘xtagan. Hozirda parvozlar uchinchi mamlakatlar orqali bajarilmoqda va Toshkentdan Tbilisigacha bo‘lgan uchish vaqti 8 soatdan ko‘proqqa cho‘ziladi.

Ma’lumot uchun, joriy yil birinchi choragida O‘zbekistondan Gruziyaga safarlar soni rekord darajada ko‘payib, 4,5 mingtadan oshgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch baravar ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют