» » Indoneziyada Mixail Gorbachyov ismli siyosatchi parlament saylovlariga nomzodini qo‘ydi

Indoneziyada Mixail Gorbachyov ismli siyosatchi parlament saylovlariga nomzodini qo‘ydi


Ota-onasi SSSR birinchi prezidenti sharafiga ism qo‘ygan indoneziyalik siyosatchi Mixail Gorbachyov, Indoneziya parlament saylovlarida o‘z nomzodini ilgari surdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.

Ta’kidlash joizki, ilgari indoneziyalik Mixail Gorbachyov Dom (Mikhail Gorbachev Dom) atrof-muhit sohasida tadqiqotlar olib borgan.

Uning aytishicha, ota-onasi oilada qiz farzand tug‘ilishiga amin bo‘lib, hatto o‘g‘il bola ismini tanlashni xayoliga ham keltirishmagan. Shuning uchun, o‘g‘il farzand tug‘ilganda tezda “zo‘r” ism tanlash orzusida birinchi sovet prezidentining nomini qo‘yishgan.

Indoneziyada parlament saylovlari 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют