» » Italiya gegemoni “Yuventus” Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi

Italiya gegemoni “Yuventus” Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma oldi


Turinning “Yuventus” klubi Yevropa Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettiradi. Nimchorak finalning ilk o‘yinida “Portu” maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan Massimiliano Allegri jamoasi, javob o‘yinida 1:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yin kulminatsiyasi 40-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Uchrashuvni boshqarib borgan ruminiyalik hakam “Portu” futbolchisini maydondan chetlatdi va mehmonlar darvozasiga penalti tayin qildi. Uni argentinalik hujumchi Paulo Dibala aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Qayd etish kerak, “Yuventus” Italiya A seriyasining shov-shuvli o‘tgan so‘nggi turida ham penalti sabab zafar quchgan bo‘lib, o‘shanda hakam 96-daqiqada “Milan” darvozasiga penalti tayin qilgandi. Shuningdek, Italiya kubogining “Napoli”ga qarshi o‘yinida ham aynan penalti Turin klubining joniga oro kirgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
14-mart, seshanba

Gollar: Paulo Dibala, 42-pen (1:0).
Chetlatish: Maksi Pereyra, 40 (P).
Dastlabki uchrashuv: 2:0

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют