» » Endi yosh oilalar uchun imtiyozli uyga navbat bo‘lmaydimi?

Endi yosh oilalar uchun imtiyozli uyga navbat bo‘lmaydimi?


12-aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi “Choshtepa” MFY hududida 150 yosh oilaga “Yoshlar uyi” tantanali ravishda topshirildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi yuridik xizmat bo‘limi mudiri Bahrom Ilhomjonov “Yoshlar uylari”ning berilish tartibi, yuzaga kelgan navbatlar xususida ma’lumot berdi.

“Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida mamlakat ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yoshlar uchun uy-joylar taqdim etish tartibi belgilangan. Unga muvofiq, “Yoshlar uylari”ni olish uchun nomzodlar asosiy uchta talabga javob berishi kerak bo‘ladi. Birinchi asosiy talab — nomzodlarning yoshi 30 dan oshmagan bo‘lishi lozim. Ikkinchi talab — yosh oilalar, ya’ni er yoki xotinning nomida mulk huquqi asosida turar joylarning mavjud emasligi. Uchinchisi — mamlakat ijtimoiy hayotida faolligi, tengdoshlariga namuna bo‘lishi, o‘z sohasida yutuqlarining mavjudligi. Agar yosh xodimning hali yutuqlari bo‘lmasa, o‘zi mehnat qilayotgan jamoada obro‘ga, tashkilot rahbariyati tomonidan berilgan ijobiy tavsiyanomaga ega bo‘lishi lozim”, —  deydi B.Ilhomjonov.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-sentabrdagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bu uylarning oldindan to‘lanadigan badal to‘lovi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2018—2021-yillarda har yili respublikaning barcha hududlarida yoshlar uchun 2149 xonadonli yangi uylar qurilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan 2014-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan davrda respublikada qariyb ming xonadondan iborat uylar qurilgan. Bu davrda Toshkent shahrida yashovchi 100-150 yosh uy bilan ta’minlangan. Yangi uyga ehtiyoji bor poytaxtlik yoshlar esa o‘rtacha 200-250 nafarni tashkil etgan. Shu bois, tabiiyki, yillar davomida navbat to‘planib qolgan edi. Bu yil Toshkent shahrida yashayotgan yoshlarga 840 xonadondan iborat ko‘p qavatli uylar topshiriladi. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Toshkent shahrida hisobda turgan yoshlar soni 500 nafarni tashkil etmoqda. Yil oxiriga qadar ularning barchasi yangi uylarga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgan. Kelgusida qurilayotgan uylar soni ortishi bilan ortiqcha navbatlar ham tugaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют