» » Harri Keyn jarohati sabab 3 oy maydonga tusha olmaydi

Harri Keyn jarohati sabab 3 oy maydonga tusha olmaydi


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining “Manchester Siti”ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvida “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn jarohatlangandi.

Angliyalik futbolchi o‘ng oyoq to‘pig‘ini jarohatlab olgandi.

The Telegraph’ning xabar berishicha, Keyn 3 oy davomida uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Shunday qilib, 25 yoshli o‘yinchi joriy mavsum nafaqat “shporlar”ga, balki iyun oyining boshlarida Portugaliyada bo‘lib o‘tadigan Millatlar Ligasining final bosqichida ishtirok etadigan Angliya terma jamoasiga ham yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn joriy mavsum Premyer Liga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют