» » “BankExpo-2019”: “Mikrokreditbank”ning o‘ziga xos faoliyati

“BankExpo-2019”: “Mikrokreditbank”ning o‘ziga xos faoliyati


Xabaringiz bor, ayni kunlarda “O‘zekspomarkaz” pavilonida “BankExpo-2019” ko‘rgazmasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Mazkur ko‘rgazmada “Mikrokreditbank” o‘z mijozlariga zamonaviy xizmat turlarini taqdim qilmoqda, desak, bundan xabardor bo‘lmasligingiz mumkin. Demak, bir boshdan sanaymiz.

Bank tomonidan jismoniy shaxslar uchun “overdraft” hamda “mikroqarz” kreditlari hamda bank hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkonini beruvchi “MKB Mobile” ilovasi joriy etilgan. Mijozlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida bankning ushbu ilovasi yordamida:

Kommunal to‘lovlarni bir zumda to‘lash;

Kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazish (R2R);

QR-kod orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish;

Mijozning so‘m plastik kartasidan valyuta plastik kartasiga avtokonversiya qilish;

Plastik kartadagi mablag‘larni “online omonat”ga qo‘yish;

“Online-overdraft” va “online-mikroqarz” kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

E’tiborli tomoni shundaki, bank tomonidan joriy qilingan “online-mikroqarz” xizmatidan foydalanuvchilar atigi 5 soniya ichida, boz ustiga turfa qog‘ozbozlik va ming xil hujjatlarni rasmiylashtirmagan holda kredit olish imkoniga ega bo‘lishadi. Buning uchun bor-yo‘g‘i mijozning oylik ish haqi “Mikrokreditbank” plastik kartochkalariga moliyalashtirilganining o‘zi yetarli asos bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu xizmat turining joriy qilingani — bank o‘z mijozlarini kunlik ehtiyojlar uchun talab etiladigan mablag‘lar bilan tez, qulay va “onlayn” tarzda ta’minlashni bosh maqsad qilib olganidan dalolat beradi.

Yana bir gap. Ko‘rgazma davomida bank o‘zining ishonchli, faol hamda barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan mijozlarini taqdirladi.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют