» » “Liverpul”—“Chelsi”. APL 34-tur o‘yinlari anonsi

“Liverpul”—“Chelsi”. APL 34-tur o‘yinlari anonsi


12-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-tur o‘yinlariga start berildi.

Turning dastlabki o‘yinida “Lester” o‘z maydonida “Haddersfild”ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 32-daqiqada mehmon jamoa a’zosi Ayoze Peres tomonidan kiritildi. Natijada “Nyukasl” safarda kechgan bahsda Brendan Rojers shogirdlarini kichik hisobda mag‘lub etdi (1:0).

13-aprel, shanba kuni Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” jamoasi “Haddersfild”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “shporlar” 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida “Manchester Siti”ni maglub etgandi (1:0).

So‘nggi turda “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy bergan (1:2) Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Vest Hem”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga 21:30 da start beriladi.

14-aprel, yakshanba kuni musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” “Kristal Pelas” maydoniga safar qiladi. O‘yin soat 18:05 da boshlanishi belgilangan. Ma’lumot uchun, “mankunianlar” 33-turda “Kardiff”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Turning markaziy bahsi “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda “Liverpul” klubi Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 20:30 da start oladi.

Ta’kidlash joiz, mersisaydliklar 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida Portugaliyaning “Portu” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa (2:0), “aristokratlar” Yevropa Ligasi chorak finalining ilk o‘yinida “Slaviya Praga”ni kichik hisobda yutgandi (1:0).

15-aprel, dushanba kuni turning oxirgi bellashuvida Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” jamoasi “Uotford” bilan bahsga kirishadi. Ma’lumot uchun, “to‘pchilar” 63 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.

APL

34-tur bahslari

12-aprel, juma

Gol: 0:1 — 32 Peres

13-aprel, shanba

14-aprel, yakshanba

15-aprel, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют