» » DXX Qashqadaryo va Farg‘onada giyohvand moddalar savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazdi

DXX Qashqadaryo va Farg‘onada giyohvand moddalar savdosiga qarshi tadbirlar o‘tkazdi


Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Koson tumanida yashovchi Tolib Ulug‘ov va Shuhrat Abdullayev Chiroqchi tumani hududida 988,44 gramm miqdoridagi “geroin” giyohvandlik moddasini 20.000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Shuningdek, DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ham mamlakatga giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘ida yashovchi Shavkatjon Alijonov 1 kg. “opiy” giyohvandlik moddasini 92 million so‘mga sotadi va jinoiy javobgarlikka tortilishidan qo‘rqib, aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tib ketadi. Lekin bir oz muddat o‘tgandan so‘ng Farg‘ona shahriga qaytadi.

Maxsus xizmat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shavkatjon Alijonov shahardagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida yashirinib yurgan vaqtida ushlanadi.

Tergovoldi surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, Shavkatjon Alijonov Qirg‘iziston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turganida, uning ko‘rsatmasi bilan hamqishlog‘i Azamat Muxtorov giyohvand moddalar savdosini davom ettirgan.

Azamat Muxtorov Andijon viloyatida yashovchi Albert Sarkisovga Farg‘ona shahrida 7,12 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini berganligi aniqlandi va Sarkisov Quva tumanida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Bundan tashqari, xizmat xodimlari tomonidan to‘plangan tezkor ma’lumotlar asosida, “gashish” giyohvandlik moddasi savdosining ham oldi olindi. Xususan, yarim tunda Vodil qishlog‘idan Farg‘ona shahriga kirib kelgan Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘ida yashovchi Abduqaxxor Abdulhasanov boshqaruvidagi Tico avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatildi va mashinada uning sherigi Sherzod To‘ychiyev borligi ma’lum bo‘ldi. Avtomobil ko‘zdan kechirilganida sellofan paketga o‘ralgan sof og‘irligi 499 gramm bo‘lgan “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Surishtiruv ishlari davomida Sherzod To‘ychiyev ushbu zahri qotilni 2600 AQSh dollariga Vodil qishlog‘ida yashovchi Hayot Navro‘zovdan sotib olgani ma’lum bo‘ldi va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Navro‘zov ham ushlandi. Aniqlanishicha, Hayot Navro‘zov aylanma yo‘llar orqali Qirg‘izistonga o‘tib, Qadamjoy tumani Xalmiyon qishlog‘ida yashovchi Sharif Isoqovdan 2300 AQSh dollariga ushbu giyohvand moddani sotib olgan ekan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют