» » O‘zbekistonda “Sog‘lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari o‘tkazildi (foto)

O‘zbekistonda “Sog‘lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari o‘tkazildi (foto)


Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘lom turmush tarziga rioya etish borasidagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish an’anaga aylandi. 13-aprel kuni “Sog‘lom ozish kuni” ommaviy tadbirlari doirasida 5 kilometr masofaga faol yurish va velosayr tashkil etilgani ham yuqoridagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

—Davlat rahbari da’vati bilan hayotga tatbiq yetilayotgan 5 tashabbusning ikkinchisi bevosita yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. — Jismoniy faollikka targ‘ib etuvchi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishimizdan maqsad ham aholi, jumladan, yoshlarni bevosita jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, qiziqishini oshirish barobarida, faollikni kundalik turmush tarziga aylantirishdir. Muhimi, har haftada tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlarimizda qatnashuvchilarningsoni oshib borayotgani. Ularning jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani ko‘zlagan maqsadlarimiz sari tashlangan dastlabki qadamlardir. Bu ham bo‘lsa, kasallik emas, uning profilaktikasiga asosiy e’tibor qaratayotganimiz samarasidir.

Tadbirda faol yurish va velosayrga asosiy e’tibor qaratilgani bejiz emas.

Faol yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o‘smalar, nafas olish a’zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldi olinadi.

Velosipedda sayr qilish jismoniy faollikning yana bir qulay va zavqli turi hisoblanadi. Velosayr mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahakamlaydi, nafas olish ritmini rivojlantiradi. Tizimli harakatlar yog‘larning erishiga, shu orqali ortiqcha vazndan qutilishning yaxshi usullaridan biridir.

Semizlikka qarshi kurashda sog‘lom ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, turli xil sabzovot va mevalarni iste’mol qilishga odatlanish kerak bo‘ladi. Yog‘li go‘sht mahsulotlarini dukkakli mahsulotlar, baliq va parranda go‘shti yoki yog‘siz go‘shtlarga almashtirish, tuz va qandni imkon qadar kamroq iste’mol qilish, ovqat bilanbirga choy ichmaslik, tabiiy sharbatlar yoki qaynatilgan suv ichish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya etgan ma’qul.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va kollejlari talabalari bilan birga mahalla faollari ham ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют