» » O‘zbekiston jamoalari Eron jamoalari darvozasiga qachon aniq zarba bera oladi?

O‘zbekiston jamoalari Eron jamoalari darvozasiga qachon aniq zarba bera oladi?


Osiyo Chempionlar ligasining 3-turida O‘zbekistonning ikki klubi Eron jamoalariga qarshi kurash olib bordi. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Zob Ohan”dan, “Lokomotiv” esa “Istiqlol”dan Tehronda 0:2 hisobida yengildi.

OFK rasmiy sayti statistikasiga ko‘ra, har ikki bellashuvda ham O‘zbekiston klublari 90 daqiqa davomida raqiblar darvozasiga aniq zarba bera olmagan.

“Lokomotiv” Tehrondagi o‘yinda to‘pni 57 foizlik ko‘rsatkich bilan nazorat qilgan. Darvozaga “Istiqlol” futbolchilari 14 ta zarba bergan bo‘lib, shularning 4 tasi aniq bo‘lgan. “Lokomotiv”da esa zarbalar soni 9 ta, biroq ularning birortasi ham aniq emas.

Sergey Lushchan boshchilik qilayotgan “Bunyodkor” esa Toshkentda to‘p surganiga qaramay, raqibiga har jabhada yengilgan. To‘pni nazorat qilishda ham, darvozaga zarbalarda ham ustunlik fors klubi tomonida — 10:10. Farqi, Eron klubining 6 ta zarbasi aniq bo‘lgan, “Bunyodkor”da esa bu ko‘rsatkich 0 ga teng.

Ma’lumot uchun, JCh—2018 saralash bosqichida Samvel Babayan boshchilik qiladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Erondan yengilgan bo‘lib, o‘shanda ham o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmagandi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют