» » Putin va Medvedev qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

Putin va Medvedev qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi


Kreml saytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bosh vazir Dmitriy Medvedevning daromadlari deklaratsiyasi chop etildi, deb xabar berdi Meduza.

Unga ko‘ra, Vladimir Putinning 2018-yildagi daromadi 8 million 648 ming 353 rublni tashkil etgan. Dmitriy Medvedev esa 2018-yilda 9 million 917 ming 510 rubl miqdorida daromad olgan.

Rossiya hukumati a’zolari orasida 2018-yilda eng ko‘p — 538 million rubl miqdoridagi daromad Rossiya prezidentining Uzoq Sharq federal okrugidagi vakili va vazir o‘rinbosari Yuriy Trutnevga tegishli.

Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov deklaratsiyada 443 million rubl olishini, qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev esa 183 million rubl olishini qayd etgan.

Prezident administratsiyasida esa eng ko‘p — 657 million rubl miqdoridagi daromad Rossiya prezidentining Volgabo‘yi federal okrugidagi vakili, “Roskosmos”ning  sobiq rahbari Igor Komarovga tegishli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют