» » Fransiya fuqarosi o‘z qizini Qozog‘iston fuqaroligidan chiqarib, chet elga olib ketdi

Fransiya fuqarosi o‘z qizini Qozog‘iston fuqaroligidan chiqarib, chet elga olib ketdi


Olmaotada yashovchi Indira Ilyosova olti yoshli qizi Sofiyaning otasi uni noqonuniy ravishda Qozog‘iston fuqaroligidan chiqarib, chet elga olib ketganini da’vo qilmoqda, deb yozadi Kazakhstan Today.

Fransiya fuqarosi Antuan Lekriven va Qozog‘iston fuqarosi Indira Ilyosovaning qizi 2010-yilda tug‘ilgan va o‘sha vaqtdan buyon uning ota-onasi o‘rtasidagi munosabatlar murakkab bo‘lib kelgan. Ota hatto aliment to‘lamaslik uchun sudga murojaat qilgan. Olti yildan keyin esa u astmaga chalingan bolani o‘g‘irlab ketgan, deyiladi xabarda.

Ona da’vo qilishicha, qizini unga xabar bermasdan va uning roziligini olmasdan turib, Qozog‘iston fuqaroligidan mahrum qilishgan. U allaqachon politsiya, prokuratura, tashqi ishlar vazirligi va hatto Interpolga ariza bilan murojaat qilgan.

Ayolning advokati Antuan Lekriven Pavlodar viloyati huquq-tartibot organlari, migratsiya politsiyasiga qizi Sofiyani fuqarolikdan chiqarish haqida ariza berib, 9 kun ichida uni fuqarolikdan chiqargani va Fransiya fuqaroligiga kiritganini ma’lum qildi.

Politsiya xulosa chiqarishga shoshmaslikni va tekshiruv yakunlanishini kutishni so‘ramoqda.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют