» » Bojxona orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi

Bojxona orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi


Hukumatning 12-apreldagi qarori bilan O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Nizomga muvofiq, charm va mo‘yna xomashyosining eksporti prezident va hukumat qarorlarida belgilangan hajmlarga muvofiqligi yuzasidan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan eksport kontraktlari monitoringdan o‘tkaziladi.

Monitoringni o‘tkazish uchun eksportchi tashkilotlar uyushmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Monitoring uyushma tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi. Eksport kontraktlari belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lsa uyushma uch ish kunida Davlat bojxona qo‘mitasiga ma’lumotnoma beradi. Kontrakt belgilangan hajmlarga muvofiq bo‘lmaganida ikki ish kunida uyushma tomonidan eksportchi tashkilotga kamchiliklarni ko‘rsatgan holda qaytariladi.

Charm va mo‘yna eksportining bojxona nazorati Davlat bojxona qo‘mitasiga taqdim etilgan ma’lumotnoma asosida o‘tkaziladi. Mazkur qaror 2019-yil 1-maydan kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют