» » “Real” yangi hujumchi sotib olmasa, Benzemaning o‘rinbosari kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

“Real” yangi hujumchi sotib olmasa, Benzemaning o‘rinbosari kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi


Ispaniyalik hujumchi Raul de Tomas yangi mavsumda “Real” safiga qaytishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Agarda klub yangi hujumchi sotib olmaydigan bo‘lsa, 24 yoshli futbolchi kelasi mavsum Benzemaning o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi. Buni madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, De Tomas hozirda ikkinchi mavsumni “Rayo Valyekano”da ijara asosida o‘tkazyapti. U joriy mavsum La Liga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bir yil avval esa u Segundada (La Ligadan keyingi o‘rinda turuvchi liga) 32 ta bellashuvda 24 ta golga mualliflik qildi va “Rayo Valyekano”ning La Ligaga qaytishiga yordam berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют