» » Jizzaxda nogironligi bo‘lgan 101 nafar xotin-qizga nogironlik aravachasi va eshitish moslamasi topshirildi

Jizzaxda nogironligi bo‘lgan 101 nafar xotin-qizga nogironlik aravachasi va eshitish moslamasi topshirildi


Jizzax viloyat hokimligi, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida turmush sharoiti og‘ir va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning 59 nafariga nogironlik aravachasi, 42 nafariga eshitish moslamasi topshirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Viloyat markazidagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tgan xayriya tadbirida O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Qizim Shahnoza 19 yoshda. Birinchi guruh nogironi. Shu choqqacha nogironlik aravachasi yo‘qligi bois biror joyga chiqishga qiynalardik. Bugun berilgan nogironlik aravachasi mushkulimizni oson qiladi. Shu birgina madad ham ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi”, — deydi zarbdorlik Oltinoy Toshbekova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют