» » Toshkentda maktab direktorlarining o‘rinbosarlari yo‘l posboni bo‘lishi mumkin

Toshkentda maktab direktorlarining o‘rinbosarlari yo‘l posboni bo‘lishi mumkin


Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga ko‘maklashuvchi yo‘l posboni bo‘lishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Azizxon Umarxonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Polkovnik Umarxonovning ta’kidlashicha, hozirda bu masalada Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbariyati bilan muzokaralar boshlangan. Har bir umuta’lim maktabida yo‘l posboni lavozimi joriy etiladi. Bu bo‘yicha reglament va qonun-qoidalar ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, ma’lum qilishlaricha, hozirda “Yo‘l posboni” xizmatiga avtokorxonalarning 10 nafar ishchisi ham qabul qilingan bo‘lib, yaqin vaqt ichida ularning safini 100 nafardan oshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 5-aprelda Samarqand viloyatida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi yo‘l posbonlari xizmat faoliyatini boshlagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют