» » O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat xaridlarida mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar ustunlikka ega bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan davlat xaridlarida mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar ustunlikka ega bo‘ladi


1-iyuldan dori vositalarini davlat tomonidan xarid qilishda mahalliy kompaniyalar ustunlikka ega bo‘ladi. O‘zbekiston Prezidentining “2019—2021-yillarda respublika farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida shu haqda so‘z boradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Yangi tartiblar sinov tariqasida joriy etiladi. Dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini davlat tomonidan xarid qilishni amalga oshirishda ikki va undan ortiq ishtirokchilar — analogik mahsulotni (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha) milliy ishlab chiqaruvchilari mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat buyurtmachisi import dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish taklifi mavjud barcha buyurtmalarni rad etadi. Sinov 2020-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Hujjatga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O‘zmedimpeks” korxonasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazildi. Agentlik dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi.

1-iyuldan boshlab import dori vositalari (dori substansiyalari bundan mustasno) va tibbiyot buyumlarini “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im undiriladi. Ushbu yig‘imning 1 foizi esa Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.

Farmonda qayd etilishicha, hujjat farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dori vositalari importi hajmi 2016-yildagi 873 million dollardan 2018-yilda 764 million dollarga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют