» » Mudofaa vazirligida 40 nafar harbiy xizmatchi yangi uyli bo‘ldi (foto)

Mudofaa vazirligida 40 nafar harbiy xizmatchi yangi uyli bo‘ldi (foto)


Kecha, 13-aprel kuni Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari uchun 40 xonadonga mo‘ljallanib bunyod etilgan ko‘p qavatli xizmat uyi tantanali topshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, faxriylar, yoshlar ishtirokida o‘tgan tadbirda ayniqsa, keyingi yillarda O‘zbekiston armiyasi jangovar salohiyatini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning xizmat va yashash sharoitini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Ohirgi 2 yilda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasiga davlatimiz rahbariyati tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 2017- va 2018-yillarning davlat dasturlari bo‘yicha 4,5 ming nafar harbiy xizmatchining yashash sharoitlari yaxshilandi. Bu ilgari 15 yilda ham erishilmagan natija”, — deyiladi xabarda.

Tantanali marosimda ishtirok etgan mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov shinam va ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega uy sohib va sohibalarini tabrikladi. Xonadonlarga kirib, ularning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy va qo‘shiqlar shodiyonaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Shu kuni doshqozonlarda milliy taomlar va sumalak qaynadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют