» » O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi (foto+video)

O‘zbekiston kuch tuzilmalarining hamkorlikdagi mashg‘ulotlari yakunlandi (foto+video)


Sharqiy harbiy okrug hududida joylashgan barcha qo‘shinlar hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni boshchiligida hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish, shuningdek, ishtirokchi bo‘linmalarning real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

“Mashg‘ulotlarning amaliy qismi harbiy okrug hududida joylashgan poligonlar hamda toifalangan obyektlarda real sharoit va vaziyatlarga imkon qadar yaqinlashtirilgan holda o‘tkazilishi uchun sharoitlar muhayyo etildi. 50 ga yaqin bo‘linmalar marsh uyushtirdi, 200 kvadrat kilometrga yaqin hududda yerdan va havodan razvedka ishlari olib borildi. 60 ga yaqin shartli amaliy mashqlar hamkorlikda bajarildi”, — deyiladi xabarda.

O‘quvlarda ishtirok etgan Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi shaxsiy tarkibi ham uchta viloyatdagi o‘ta muhim obyekt va inshootlarning qo‘riqlanishi kuchaytirilgan tizimda olib borilgan. Qo‘riqlanayotgan o‘ta muhim obyektlarda shartli mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarining yana bir amaliy jarayonlari Sharqiy harbiy okrugi Farg‘ona dala-o‘quv maydonida davom etgan. Uni Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari kuzatib borishgan.

Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari kecha, 13-aprel kuni yakunlandi. Harbiy bo‘linmalar doimiy joylashgan joyiga qaytarildi.

Mashg‘ulotlar yakunida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan rag‘batlantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют