» » Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dastlabki to‘lov 16 mln dollar evaziga sotiladi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi dastlabki to‘lov 16 mln dollar evaziga sotiladi


Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xorijiy investorlarga sotiladi, deya xabar beradi “Spot”.

Kompaniyaning ustav kapitalidagi “O‘zbekneftgaz”ning ulushi keyinchalik Indoneziyaning PT Trans Asia Resources kompaniyasiga sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlikka topshirilgan.

Endilikda korxona to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘li bilan modernizatsiya qilish va qayta tiklash bo‘yicha investitsiya loyihasi doirasida sotilishi ma’lum bo‘lgan.

Investor quvvatlardan foydalanishni ta’minlash bilan qayta ishlash zavodiga egalik qilish, modernizatsiya qilish va undan foydalanish uchun yetakchi xalqaro kompaniyalar konsorsiumini tashkil etish niyatida.

PT Trans Asia Resources zavodining 100 foizini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy shartlarga muvofiq 16 mln dollar dastlabki to‘lov evaziga oladi.

Zavod yangi egasiga o‘tgandan keyin 14 oy ichida ulardan eski egasining qarzlarini to‘lashi talab qilinmaydi.

Zavodning imtiyozlari va subsidiyalari, barcha litsenziyalari va boshqa ruxsatnomalari amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.

Bundan tashqari, 2021-yilning 1-apreliga qadar o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan va ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, mashinalar, butlovchi va ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va boshqalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют