» » “Lester” darvozaboni Shmeyxel tarixga kirdi. “Yuventus” hujumchisi Dibala oxirgi 4 ta golini penaltidan urdi

“Lester” darvozaboni Shmeyxel tarixga kirdi. “Yuventus” hujumchisi Dibala oxirgi 4 ta golini penaltidan urdi


Yevropa Chempionlar ligasining pley-offida “Sevilya”ga qarshi ikki o‘yin o‘tkazgan “Lester” darvozaboni Kasper Shmeyxel ularning har birida bittadan penalti qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga hozircha hech bir darvozabon muvaffaq bo‘la olmagandi.

Tabiiyki, ikki penaltini ko‘kka sovurgan “Sevilya” turnirni tark etdi. Birinchi uchrashuvda Xoakin Korreya 11 metrlik jarima zarbasini noaniq amalga oshirgan bo‘lsa, ikkinchisida Stiven N’Zonzi Shmeyxel bilan duelda yengildi.

Turinning “Yuventus” klubi esa Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Klub hujumchisi Paulo Dibala “Portu”ga qarshi kechgan javob o‘yinida penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu Dibalaning ketma-ket to‘rtinchi bor penaltidan gol urishi bo‘ldi. Italiya A seriyasining so‘nggi turida “Yuventus” o‘z maydonida “Milan”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi. Hakam milanliklar darvozasiga 96-daqiqada penalti qo‘yib bergandi.

Italiya kubogida esa “Yuventus” “Napoli” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan. Bellashuvda hakam neapolliklar darvozasiga 2 ta penalti qo‘ygandi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют