» » Namanganda adliya bo‘limlari tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan Open Justice tadbirlari o‘tkazildi

Namanganda adliya bo‘limlari tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan Open Justice tadbirlari o‘tkazildi


Namanganda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganligining bir yilligi munosabati bilan Open Justice — “Ochiq adliya” tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi ma’lum qildi.

Tadbir avvalida boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan 1 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Namangan viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bilan adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Ochiq adliya kuni tadbirlari doirasida Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etilib, boshqarma va uning bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Tarbiyalanuvchilarga huquqiy qo‘llanmalar sovg‘a qilindi.

Tuman adliya bo‘limlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi davlat notarial idoralari, Advokatlar palatasi viloyat boshqarmasi, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirokida huquqiy maslahat burchaklari tashkil etilib, fuqarolarga turli mavzularda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati aks etgan turli mavzudagi 200 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют