» » “Manchester Siti” “Kristal Pelas”ni yutib, APL yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi (video)

“Manchester Siti” “Kristal Pelas”ni yutib, APL yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi (video)


14-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 34-turida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” “Kristal Pelas” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 15 va 63-daqiqalarida “shaharliklar” yarim himoyachisi Rahim Sterling dublga erishgan bo‘lsa, 81-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Luka Milivoyevich hisobni qisqartirdi (2:1). 90-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan braziliyalik Gabriel Jezus jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa “mankunianlar” mehmonda “Kristal Pelas”ni 3:1 hisobida taslim etdi va musobaqa yetakchiligini o‘z qo‘liga oldi. Ayni damda “Siti” 83 ochko to‘plab, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eng yaqin ta’qibchisi “Liverpul” hisobida esa 82 ochko mavjud.

APL

34-tur bahslari

14-aprel, yakshanba

Gollar: 0:1 — 15 Sterling, 0:2 — 63 Sterling, 1:2 — 81 Milivoyevich

“Kristal Pelas”: Guaita, Bisaka, Kelli, Dann, Anxolt, Makartur (Sako, 85), Milivoyevich, Shlupp, Taunsend (Mayer, 77), Benteke, Zaha

“Manchester Siti”: Morayes, Uoker, Kompani, Lyaport, Mendi, de Bryuyne, Gundo‘g‘on, Silva (Bernardu Silva, 65), Sterling, Aguero (Jezus, 75), Sane (Stounz, 87)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют