» » Amudaryoliklar Oliy Majlis deputatiga kredit olish va yo‘l ta’miri masalasida murojaat etdi

Amudaryoliklar Oliy Majlis deputatiga kredit olish va yo‘l ta’miri masalasida murojaat etdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xaniyazov Amudaryo tumanidagi xonadonlarda bo‘lib, aholi talab-istaklarini o‘rgandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda. 

Uchrashuvlarda asosan tumandagi “Xitoy” “Buz-yop” va “Tor-yop” ovul fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiladigan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

“Xitoy” OFYda yashovchi T.Bozorbayev suyultirilgan gaz balonlari olish uchun shoxobcha ochish taklifini bildirdi. Qolaversa, hududga poyabzal tuzatish ustaxonasi kerakligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, hududga ko‘mir yetkazib berish shoxobchasi, dorixona, hammom, go‘zallik saloni, sartaroshxona ochish hamda tungi yoritgichlar o‘rnatish masalalarini ko‘tardi.

“Buz-yop” OFYda K.Yusupova chorvachilik bo‘yicha kredit olishda yordam so‘radi. Sh.Shamuratov esa hududning 8 kilometr yo‘li ta’mirtalab ekanligini bildirdi.

Uchrashuvlar jarayonida aholi asosan kommunal, transport va savdo xizmati, yo‘llar holati, energiya ta’minoti va ijtimoiy soha bo‘yicha muammolar bilan murojaat qildi. Mahalliy mutasaddilar bilan birgalikda ularning yechimini topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют